Atamboyev Dubayga uchib ketdi

Olam

image

Qirg‘izistonning sobiq Prezidenti Almazbek Atamboyev Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahriga uchib ketdi. Bu haqda “24.kg” agentligi uning yaqinlariga tayanib xabar berdi.  

Qayd etilishicha, Almazbek Atamboyevga uning o‘g‘li Qodirbek hamrohlik qilmoqda. 

“Almazbek Atamboyev bugun soat 6:34 da Bishkek-Dubay yo‘nalishida parvoz qildi. Keyin u davolanish uchun Ispaniyaga uchib ketadi”, deyiladi xabarda. 

Eslatib o‘tamiz, kecha, 14 fevral kuni sobiq davlat rahbari Almazbek Atamboyev qamoqdan ozod etildi. Ma’lum bo‘lishicha, unga nisbatan qonundagi o‘g‘ri Aziz Batukayevning noqonuniy ravishda ozod etilgani bo‘yicha jinoyat ishi yangi sud muhokamasiga yuborilgan. Oliy sud avvalgi hukmlarni bekor qildi. Sobiq prezidentga davolanish uchun mamlakat tashqarisiga chiqishga ham ruxsat berildi. U 2019 yil avgust oyidan beri hibsda (2020 yil oktyabr voqealari chog‘ida bir necha kun ozodlikka chiqarilgan, keyin yana hibsga olingan).


Maqola muallifi

Teglar

Almazbek Atamboev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing