Atamboyev hibsxonada qanday sharoitda saqlanayotgani aytildi

Olam

image

Qiynoqlarning oldini olish bo‘yicha markaz rahbari Nurdin Sulaymonov Qirg‘iziston Respublikasining sobiq Prezidenti Almazbek Atamboyevni vaqtincha saqlash hibsxonasidagi sharoitlar bilan tanishdi. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston xabar bermoqda. 

Xabarda aytilishicha, Almazbek Atamboyev ikki o‘rinli kamerada saqlanmoqda. Siyosatchi izolyator xodimlari harakatlariga hech qanday e’tiroz bildirmagan. U har kuni kuniga uch martadan tibbiy ko‘rikdan o‘tmoqda. Shifokorlar uning qon bosimini o‘lchab bormoqda, kerakli dorilar mavjud. Advokatlik yordami ko‘rsatilmoqda.

Atamboyev ikkita masala hal qilinishi uchun yordam so‘ragan: kechasi chiroqni o‘chirish va eshikni yopishga ruxsat olish.

Qiynoqlarni oldini olish markazi Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbariyatiga siyosatchining iltimoslarini ko‘rib chiqishni tavsiya qildi.

Eslatib o‘tamiz, sobiq davlat rahbari avvaliga Jinoyat kodeksining "Korrupsiya" haqidagi 319-moddasini buzganlikda ayblangandi. Keyinroq unga Qirg‘iziston Bosh prokuraturasi tomonidan qotillik va boshqa og‘ir jinoyatlarda ayblov e’lon qilindi. U joriy yilning 9 avgust kuni 18 kunga hibsga olingan edi

Atamboyev kim? U davlat boshiga qanday kelgandi?


Maqola muallifi

Teglar

Almazbek Atamboev

Baholaganlar

358

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing