AstraZeneca vaksinasi musulmonlar uchun taqiqlanadi — Indoneziya

Olam

image
0:00
0:00
download

Indoneziya ulamolar kengashi AstraZeneca vaksinasini musulmonlar uchun taqiqlangan deb e’lon qildi. Biroq boshqa preparatlar taqchilligi sababli vaqtincha undan foydalanishga ruxsat berdi. Bu haqda oliy diniy idora vakili Asorirun Sholex ma’lum qilgan.

“AstraZeneca vaksinasi taqiqlangan, negaki uni ishlab chiqarishda cho‘chqa go‘shtidan olinadigan tripsin ishlatilgan. Shu bilan birga ayni vaqtda ushbu vaksinadan foydalanish mumkin”, degan idora vakili.

U Islom qonunlari zudlik bilan vaksinalash kerak bo‘lgan vaziyatda bunga yo‘l qo‘yishini qo‘shimcha qildi.

Kengash vakiliga ko‘ra, boshqa “toza” vaksinalar kelishi bilan AstraZeneca musulmonlar uchun taqiqlanadi.

Indoneziya 1,1 mln doza vaksina olgan. Ikki oyda yana 10 mln doza vaksina yetkazilishi kutilyapti. Mamlakatda koronavirusga qarshi vaksinalar kampaniyasi 27 yanvardan boshlangan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston COVAX dasturi doirasida hozirgacha 660 ming doza AstraZeneca vaksinasini qabul qilib oldi.


Maqola muallifi

Teglar

AstraZeneca

Baholaganlar

575

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing