Asr jangi: Fyuri va Usik Saudiya Arabistonida to‘qnashadi

Sport

image

Boks bo‘yicha og‘ir vazn toifasidagi chempionlar Tayson Fyuri va Aleksandr Usik jang shartnomasini imzoladi. Bu haqda UNIAN xabar berdi.

Jang Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida tashkillashtiriladi. Jang sanasi esa hozircha oshkor etilmagan. Taxminlarga ko‘ra, bahs 23 dekabrda o‘tkazilishi mumkin.

35 yoshli britaniyalik Fyuri WBC chempioni, 36 yoshli ukrainalik Usik esa WBA, WBO va IBF kamarlari sohibi hisoblanadi.

G‘olib og‘ir vazndagi birinchi mutlaq chempionga aylanaishi mumkin. 2008 yilda professional boksga qadam qo‘yganidan beri Fyuri 33 ta jangda g‘alaba qozongan va bittasida durang qayd etgan. Usik professional ringdagi 21 ta jangining barchasida g‘alaba qozongan.

Ma’lumot o‘rnida, Lennoks Lyuis 1999 yilda Evander Xolifildni mag‘lub etib, WBA, WBC va IBF chempionlik unvonlarini saqlab qolganidan beri hech kim og‘ir vazn toifasida mutlaq chempionlikka erishmagan.

Akobir Sayidov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

F'yuri Usik Saudiya Arabiston Asr jangi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing