Asosiy masala Ukrainaning mustaqilligini saqlab qolish – Yens Stoltenberg 

Olam

image
0:00
0:00
download

Ukraina uchun NATOning eshiklari ochiq qolmoqda. Biroq ayni damdagi asosiy masala Ukrainaning mustaqilligini saqlab qolishdir. Bu haqda tashkilot Bosh kotibi Yens Stoltenberg “Süddeutsche Zeitung” gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tgan. 

Stoltenbergning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainaning NATOga a’zoligi keyinroq muhokama qilinadi.

“NATO eshiklari ochiqligicha qolmoqda. Biz buni o‘tgan yillarda Chernogoriya, Shimoliy Makedoniya, Finlyandiya va Shvetsiyaning blokka qo‘shilishiga ruxsat berish orqali isbotladik. A’zolik to‘g‘risida faqat Ukraina va 30 ta a’zo davlat qaror qilishi kerak. Boshqa hech kim bunga aralashmaydi. Ukrainada qurolli mojaro bo‘lyapti. Hamma tushunishi kerakki, NATOning ustuvor vazifasi qo‘llab-quvvatlash va yordam berishdir. Asosiy vazifa Ukrainani mustaqil davlat sifatida saqlab qolish. NATOga a’zolik masalasi keyinroq muhokama qilinadi”, deydi NATO Bosh kotibi.

Rossiya Ukrainaga urush boshlaganidan beri NATO davlatlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri harbiy mojarolarda ishtirok etmasligini aytib keladi. Yens Stoltenberg ham yana bir marta Ukrainada NATOning qo‘shinlari yo‘qligini aytdi.

“Ukrainada NATO qo‘shinlari yo‘q. Biroq biz Ukrainaga o‘zini himoya qilishga yordam bermoqdamiz. Bu bizni urush ishtirokchisiga aylantirmaydi. Biz bu urushga tortilmaymiz”, deydi u.

Yens Stoltenbergning xulosa qilishicha, hech narsa qilmasdan bir chetda qarab turish erkinlik va demokratiyaning mag‘lubiyatiga olib keladi.


Maqola muallifi

Teglar

NATO Yens Stoltenberg

Baholaganlar

104

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing