Asosiy foiz stavkasining oshirilishi olingan kreditlarga ta’sir qiladimi?

Jamiyat

image
Yil boshidan beri dollar 6,8 foiz qimmatlashdi. MB so‘mni “qutqarish” uchun nima qilayotganini aytdi north_east

Yil boshidan beri dollar 6,8 foiz qimmatlashdi. MB so‘mni “qutqarish” uchun nima qilayotganini aytdi

Xabaringiz bor, kecha, 17 mart kuni Markaziy bank boshqaruvi asosiy stavkani 14 foizlik banddan 17 foizga ko‘tardi. 

Bu qaror o‘z navbatida olingan kreditlarga, xususan ta’lim kreditlariga ta’siri bo‘ladimi, degan savolni yuzaga keltirdi. Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurodov shu masalaga oydinlik kiritdi.

Nurmurodovga ko‘ra, Markaziy bankning asosiy stavkasi (oldingi qayta moliyalash stavkasi) o‘zgartirilgan taqdirda uning joriy kreditlarga ta’siri shartnomada belgilangan shartlar asosida bo‘ladi. Xususan, tijorat banklari va mijozlar o‘rtasida o‘zgarmas foiz stavkalarida tuzilgan shartnomalarga Markaziy bankning asosiy stavkasi o‘zgarishlari ta’sir qilmaydi.

“Banklar va mijozlar o‘rtasida tuzilgan o‘zgaruvchan foiz stavkali, xususan, Markaziy bank asosiy stavkasiga bog‘langan holda tuzilgan foiz stavkalari shartnomalarga ta’siri esa ushbu shartnomada kelishilgan shartlar yoki kredit ajratish bo‘yicha tegishli Nizom talablariga muvofiq bo‘ladi” deydi MB raisi.

Oliy ta’lim tashkilotlarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun ta’lim kreditini ajratish tartibi esa O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 18-avgustdagi 527-sonli “Oliy ta’lim tashkilotlarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun ta’lim kreditilari ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori orqali tartibga solinadi.

Ushbu qaror bilan tasdiqlangan nizomning 22-bandiga muvofiq, ta’lim krediti tijorat banklari tomonidan kredit oluvchiga Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida ajratiladi. Bunda, Markaziy bankning asosiy stavkasi pasaytirilgan taqdirda, ta’lim krediti bo‘yicha foiz stavkasi mutanosib ravishda pasayadi, Markaziy bankning asosiy stavkasi oshirilgan taqdirda esa ta’lim krediti bo‘yicha foiz stavkasi o‘zgarishsiz qoladi.


Maqola muallifi

Teglar

kredit

Baholaganlar

233

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing