Asl Baraka o‘zining yangi eksklyuziv kolbasasini taqdim etadi!
Biznes
−
21 Oktabr
3858Endilikda respublika bo‘ylab oziq-ovqat do‘konlari rastalarida xaridorlarni Asl Baraka brendining yangi flagmani kutmoqda. Kolbasa kompaniyaning nomi bilan atalgan va uning sifatlarini o‘zida mujassamlashtirgan.
Mahsulotning o‘zi milliy naqshlar va ramzlardan ilhomlangan. Yorqin ta’m va dudlashning yengil ifori tanlangan go‘shtning shiradorligini ta’kidlaydi. Kolbasaning zich qadoqlanishi saqlash muddatini uzaytiradi, uning xavfsizligini ta’minlaydi va iste’molchilar uchun qulaylik yaratadi.
"Asl Baraka" yengil tamaddi, salatlar, buterbrodlar va pitssalar tayyorlash uchun juda mos keladi – mahsulot universal va mijozlarning barcha talablariga javob beradi.
Ta’kidlash joizki, Asl Baraka’ning barcha mahsulotlari "Halol" standartlariga javob beradi, bundan qadoqdagi maxsus belgi va muvofiqlik sertifikati dalolat beradi. Asl Baraka mahsulotlarini Korzinka, Magnum, Baraka Market do‘konlari tarmog‘ida, shuningdek, butun respublikaning chakana savdo do‘konlari va bozorlarida topish mumkin.
Brend haqida ko‘proq ma’lumot – ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarda
Sayt: asl-baraka
Instagram: @mehnatsevar_uz
Telegram: @mehnatsevar_uz
Facebook: @mehnatsevar.uz
Reklama huquqi asosida
LiveBarchasi