Asila Mirzayorova Paralimpiada chempioni bo‘ldi
Sport
−
30 avgust
8961T11 klassida uzunlikka sakrash bahsida ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik Asila Mirzayorova dastlabki urinishidayoq 5,22 metr natija qayd etib, ushbu yo‘nalishda Paralimpiya o‘yinlari rekordini o‘rnatdi. 5-urinishda esa 5,24 metr natija qayd etib, o‘zi o‘rnatgan Paralimpiya rekordini yangiladi.
Ushbu natijaga turnirda qatnashayotgan hech qaysi sportchi tomonidan yangilanmadi va shunday qilib O‘zbekiston vakili Asila Mirzayorova mamlakat delegatsiyasiga dastlabki oltin medalni olib keldi.
Shu tariqa O‘zbekiston delegatsiyasi jamg‘argan medallar soni 4 taga yetdi: 1 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza.
Ma’lumot uchun, ushbu yo‘nalishda avvalgi Paralimpiya o‘yinlari rekordi 1996 yilda Atlantada o‘tkazilgan o‘yinlarda o‘rnatilgan. 28 yil avvalgi rekord ispaniyalik Ortiz Ochistkaga tegishli edi (5,07 m). Asila 2023 yilning iyul oyida Fransiyaning Parij shahrida para yengil atletika bo‘yicha jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritgan edi. Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlari kumush medal sohibi hisoblanadi.
LiveBarchasi