Ashraf G‘ani SHHT sammitiga taklif qilindi
Olam
−
15 Sentabr 2021
14863Afg‘onistonning sobiq Prezidenti Ashraf G‘ani Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitiga taklif qilindi. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ma’lum qildi.
U Afg‘oniston SHHT kuzatuvchisi ekanini eslatgan. Vazirga ko‘ra, bunday davlatlar vakillari tashkilotning barcha yig‘ilishlarida ishtirok etadi. Shu sababdan sobiq davlat rahbari taklif qilingan.
Ma’lumot uchun, SHHTga a’zo davlatlar rahbarlarining yubiley sammiti joriy yilning 16-17 sentyabr kunlari Dushanbeda o‘tkaziladi. Uchrashuvning asosiy mavzularidan biri Afg‘onistondagi vaziyat bo‘ladi.
Mazkur sammitda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etadi.
Eslatib o‘tamiz, AQSH harbiylari Afg‘onistonda 20 yil davom etgan harbiy missiyani joriy yilning 31 avgust kuni to‘liq yakunladi. Biroq, amerikaliklar afg‘on diyorini tark etishni yakunlamasidan 15 avgust kuni mamlakatda hokimiyat almashdi. “Tolibon” Ashraf G‘ani hukumatini ag‘dardi. Prezident G‘ani iste’foga chiqib, mamlakatni tark etdi.
G‘ani Afg‘onistondan ketib, Birlashgan Arab Amirliklaridan panoh topdi. Sobiq Prezident Qobulda qon to‘kilmasligi uchun lavozimidan iste’foga chiqqanini ta’kidladi. U tez orada vataniga qaytmoqchiligini aytgandi.
LiveBarchasi