Ashraf G‘ani Afg‘onistondan nega qochib ketganini ma’lum qildi

Olam

image

Avvalroq, Afg‘oniston Prezidenti Ashraf G‘ani lavozimidan iste’fo berib, mamlakatdan chiqib ketgani haqida xabar bergan edik.

G‘ani Afg‘onistonni tark etgach Facebook orqali bayonot berdi. U o‘z murojaatida “Tolibon” jangarilari Qobulda qirg‘in uyushtirishni rejalashtirgani haqida aytgan.

“Mehribon Alloh nomi bilan boshlayman! Qadrli vatandoshlar. Men bugun qurollangan toliblar bilan yuzma-yuz qolish yoki 20 yil davomida xavfsizligi uchun jonimni ayamaganim vatanimni tark etishdek og‘ir tanlov qarshisida qoldim. Olti million inson yashaydigan Qobulimiz qon ichida qolmasligi uchun ketish kerak degan qarorga keldim. Ular mengacha yetib kelishdi, ular Qobulga hujum qilishga tayyor edilar”, deydi Ashraf G‘ani.

Siyosatchi endilikda toliblar afg‘on xalqining joni va moli uchun javob ekanini ta’kidlagan.

“Toliblar jangni qilich va qurol bilan yengishdi. Endi ular insonlarning hayoti, salomatligi uchun javobgar. Ular hokimiyatini qonuniylashtirishi, fuqarolarning ham qalbini zabt etishi kerak bo‘ladi. Axir hukumat qonuniyligi qo‘shib topshirilmaydi, unga erishish kerak”, deya ta’kidlagan G‘ani.

Uning ta’kidlashicha, endi toliblar oldida ikkita tanlov turibdi: yoki Afg‘onistonning sha’ni va maqsadlarini himoya qilishadi yoki o‘z manfaatlarini ustun ko‘rishadi. 

“Toliblar butun afg‘on millati, ayollarimiz, opa-singillarimiz bilan hisoblashishi kerak bo‘ladi. Aniq reja tuzing va barchasini xalq bilan maslahatlashing. Men doim afg‘on xalqi bilan bo‘laman. Yashasin Afg‘oniston”, deya so‘zini yakunlagan Ashraf G‘ani.

Ta’kidlash kerakki, Ashraf G‘ani Afg‘onistonni tark etgach, qayerga ketgani hozircha noma’lum. Dastlab u Tojikistonga yo‘l olgani aytilgandi. Keyinroq, G‘anining samolyoti Omon sultonligiga borgani haqida ma’lumotlar tarqaldi. So‘nggi xabarlarga ko‘ra esa Ashraf G‘ani rafiqasi bilan Toshkentga kelgan. Ammo bu ma’lumot rasman tasdiqlanmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Ashraf G'ani

Baholaganlar

4960

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing