Ashraf G‘ani Afg‘onistondan chiqib ketdi

Olam

image

Afg‘oniston Prezidenti Ashraf G‘ani Tojikiston poytaxti Dushanbega uchib ketdi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Afg‘oniston Prezidenti hukumati rasmiysi Sajjad Nuristoniy ham tojik nashriga G‘ani mamlakatni tark etganini tasdiqlagan.

Unga ko‘ra, Ashraf G‘aniga uning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Hamdulloh Muhib va ma’muriyat rahbari Fazl Mahmud Fazli hamrohlik qilmoqda.

Tojikistondan keyin G‘ani uchinchi davlatga uchishi kerak, lekin qaysi davlat ekani hozircha noma’lum.

Avvalroq, Afg‘oniston Prezidenti Ashraf G‘ani iste’foga chiqqani haqida xabar bergan edik. Muvaqqat hukumatga esa sobiq Ichki ishlar vaziri Ali Ahmad Jaloli rahbar etib tayinlandi.

Ma’lumot uchun, bugun Qobulda Afg‘oniston hukumati hokimiyatni "Tolibon"ga topshiryapti. Toliblar shaharga hujum qilmasdan uni muzokaralar orqali egallash harakatini boshlagan


Maqola muallifi

Teglar

Tolibon Ashraf G'ani

Baholaganlar

1502

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing