Ashxobodda non uchun turnaqator navbatlar ko‘payyapti

Jamiyat

Turkmanistonda davlat do‘konlari oldida nonga navbatlar paydo bo‘lishi mamlakatning turli hududlarida emas, balki poytaxt Ashxobodda ham odatiy holga aylanib qolyapti. Bu haqda “Xronika Turkmenistan” xabar bermoqda.

Poytaxtning Paraxat-7 mikrorayonidagi va “Ahal gallaönümleri”ga tutash davlat do‘konlarida har bir odamga 1 manatdan ikki donadan non sotilyapti. Ko‘p farzandli oilalarga bu yetmagani uchun, har kuni bir oiladan 2-3 kishi non uchun navbatda turishiga to‘g‘ri kelyapti.

Bu do‘konga Ashxoboddagi turli nonvoyxonalardan non keladi. Ammo xaridorlar Anev yopilgan nonlarini ko‘proq sotib oladi. Biroq shaharliklar non o‘lchami kundan kunga kichrayayotgani, narxi esa o‘zgarmayotganidan shikoyat qila boshlagan.

Ta’kidlash kerakki, xususiy do‘konlarda non doim bo‘ladi. Biroq u davlat do‘koniga qaraganda uch baravar qimmatroq sotiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Ashxobod non

Baholaganlar

334

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing