“Ashxobod” bog‘i direktori, uning o‘rinbosari va reklama bo‘limi boshlig‘i qamaldi

3-sahifa

image

Toshkent shahridagi "Ashxobod" ko‘ngil ochar bog‘i direktori, uning o‘rinbosari va reklama bo‘limi boshlig‘i 15 sutkaga qamaldi. Bu haqda shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.

Kecha, 1 iyun kuni soat 12:00 da "Ashxobod" ko‘ngil ochar bog‘ida tekinga 20 000 ta o‘yinchoq va muzqaymoq tarqatilishi haqida bog‘ ma’muriyati tomonidan ijtimoiy tarmoqda reklama chiqarilgan. Biroq, bir vaqtning o‘zida o‘yinchoq oluvchi va kuzatuvchilar bilan taxminan 40 000 nafar fuqarolarni bog‘ hududida jamlashning imkoni bo‘lmasligi, yo‘l harakati va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash talablarga javob bermasligi sababli bu tadbirni o‘tkazmaslik haqida bog‘ rahbariyati ogohlantirilgan. 

Lekin bog‘ ma’muriyati ommaviy tadbirlarni o‘tkazish talablariga rioya etmasdan, tekinga o‘yinchoqlar tarqatilishi haqidagi reklamani ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatib, bog‘ hududida va uning atrofida  aholini ommaviy ravishda to‘planishiga sababchi bo‘lgan va bu harakati orqali fuqarolarga xavf tug‘dirgan.

Oqibatda bog‘ hududiga kirish/chiqish va ayrim ichki yo‘nalishlarida tiqilinch vaziyat hamda boqqa olib keluvchi va yaqin avtomobil yo‘nalishlarida tirbandliklar yuzaga keldi. Huquqni muhofaza qiluvchi idoralarning sa’y-harakati bilan bu tirbandliklar bartaraf etilib, fuqarolar tinch tarqatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Yashnobod tumani IIO FMB tomonidan bog‘ direktori 1981 yilda tug‘ilgan A.N., direktor o‘rinbosari 1987 yilda tug‘ilgan A.Z., reklama bo‘limi boshlig‘i 1994 yilda tug‘ilgan D.T.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 1853-, 2001-, 201-moddalariga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tumani sudi tomonidan ushbu fuqarolarga 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

"O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 29 iyuldagi 205-sonli qarori bilan tasdiqlangan Ommaviy tadbirlarni o‘tkazish to‘g‘risidagi Qarori talablari asosida ommaviy tadbirni o‘tkazishga ruxsat olish uchun bir oy oldin murojaat qilish lozim. Ruxsat berilmagan ommaviy  tadbirni o‘tkazish qonunchilikka muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi", deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Ashxobod bog'i

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing