AQSH Nukus voqealari bo‘yicha O‘zbekiston Hukumatiga chaqiriq va undov bilan chiqdi
Jamiyat
−
28 noyabr 2022
19562Amerika Qo‘shma Shtatlari O‘zbekiston Hukumatiga undov va Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ga chaqiriq bilan chiqdi. Qo‘shma Shtatlar Qoraqalpog‘istondagi voqealar bo‘yicha sud ishini diqqat bilan kuzatmoqda. Bu haqda AQSHning Toshkentdagi elchixonasidan QALAMPIR.UZ’ga yo‘llangan xabarnomada aytilgan.
“Amerika Qo‘shma Shtatlari iyul oyida Qoraqalpog‘istonda sodir bo‘lgan fojiali voqealarga aloqadorlikda ayblangan 22 kishi ustidan bugun Buxoroda boshlangan sud jarayonlarini diqqat bilan kuzatib bormoqda”, deyiladi xabarnoma avvalida.
Shuningdek, unda AQSH O‘zbekiston hukumatini ijtimoiy shaffoflik bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarish da’vat qilgan.
“Biz hukumatni ijtimoiy shaffoflik bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishga va xavfsizlik kuchlari xodimlari O‘zbekiston qonunchiligini buzgan taqdirda ularni javobgarlikka tortishga undaymiz. Biz Ombudsman boshchiligidagi tergov komissiyasini o‘z xulosalarini imkon qadar tezroq e’lon qilishga chaqiramiz”, deyiladi xabarnomada.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 28 noyabr kuni Buxoro viloyat sudida 1-2 iyul kunlari Qoraqalpog‘istonda sodir bo‘lgan norozilik namoyishlari bo‘yicha ayblangan 22 kishiga nisbatan sud ishini ko‘rib chiqish boshlandi.
LiveBarchasi