Qoraqalpog‘istondagi talato‘plar ortidan alohida jinoyat ishi bo‘yicha 39 kishi hibsga olingan
3-sahifa
−
14 dekabr 2022
7887Joriy yilning 1-2 iyul kunlari Qoraqalpog‘istonda sodir bo‘lgan voqealar ortidan ochilgan alohida jinoyat ishi bo‘yicha 39 nafar ayblanuvchi hibsda saqlanmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Qoraqalpog‘iston Respublikasida yuz bergan holat va voqealarni o‘rganish bo‘yicha komissiya so‘roviga bergan javobida aytiladi.
Qayd etilishicha, Qoraqalpog‘istondagi ommaviy tartibsizliklar sodir etilgani holati yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha jami 171 nafar shaxs ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilingan.
Namoyishlar ortidan dastlab 516 nafar shaxs ushlangan bo‘lib, shundan 5 nafariga nisbatan uy qamog‘i hamda 166 nafariga nisbatan Jinoyat kodeksida ko‘zda tutilgan jinoyatlari uchun qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot choralari qo‘llanilgan, qolgan huquqbuzarlarga nisbatan esa sud tomonidan ma’muriy javobgarlik doirasida qamoq jazosi tayinlangan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2022 yil iyul oyida yuz bergan holatlar va voqealarni o‘rganish bo‘yicha Mustaqil komissiyaning, keng jamoatchilikning so‘rovi va kafilligi hamda deputatlik korpusining jamoatchilik nazoratiga olishga ruxsat berish yuzasidan kiritgan iltimosnomalari inobatga olinib, qamoqqa olingan 107 nafar ayblanuvchiga nisbatan qo‘llanilgan ehtiyot choralari o‘zgartirilib, ularning 10 nafariga uy qamog‘i va 97 nafariga jamoa kafilligi ehtiyot choralari qo‘llanilgan va qamoqdan ozod qilingan.
Shuningdek, keyingi tergov davomida uy qamog‘ida saqlanayotgan 14 nafar ayblanuvchiga nisbatan ham ehtiyot chorasi jamoa kafilligiga o‘zgartirilgan.
Ayni vaqtda jinoyat ishining 22 nafar shaxsga oid bo‘lgan qismi (20 nafariga qamoq, 1 nafariga jamoa kafilligi va 1 nafar uy qamogi qo‘llanilgan) ayblov xulosasi bilan tamomlanib, sudga yuborilgan, qolgan ayblanuvchilar va boshqa holatlar yuzasidan jinoyat ishi alohida ish yurituvga ajratilgan.
Hozirda, alohida ish yurituvga ajratilgan jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari yakunlanmoqda, ish bo‘yicha 39 nafar ayblanuvchi qamokda saklanmoqda.
LiveBarchasi