Ash-Shara Rossiyadan yana Asadni topshirishni talab qildi – OAV

Olam

image

Suriyaning muvaqqat yetakchisi Ahmad ash-Shara Rosiyaga qochgan sobiq prezident Bashar Asadning sud jarayonini o‘tkazish uchun Kremldan uni ekstraditsiya qilishni so‘rab rasmiy talab yubordi. Bu haqda manbalariga tayanib, “Al Arabiya” va “Al Hadath” xabar berdi.

Nashr manbalariga ko‘ra, yaqinda Rossiya delegatsiyasining Suriya poytaxti Damashqqa tashrifi davomida ash-Sharaga Asad oilasi Rossiya aktivlariga hech qanday sarmoya kiritmagani haqida ma’lumot berilgan.

“Al Arabiya” xabariga ko‘ra, ushbu uchrashuvda Suriya vakillari yana bir bor Asadni topshirish masalasini ko‘targan. Biroq uch soatlik muzokaralar natijasida Rossiya tomoni Asadning ekstraditsiyasi ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni tiklash yo‘lida “hal bo‘lmaydigan to‘siq emas” degan fikrda to‘xtagan.

Rossiya Suriyaning yangi hukumatiga birinchi marta neft yetkazib berdi north_east

Rossiya Suriyaning yangi hukumatiga birinchi marta neft yetkazib berdi

Joriy yilning 20 mart kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Sharaga maktub yo‘llab, hamkorlikni davom ettirish va uning mamlakatdagi vaziyatni barqarorlashtirish yo‘lidagi harakatlarini qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirgan.

Ma’lumot uchun, o‘tgan yilning noyabr oyi oxirida “Hayat Tahrir ash-Shom” guruhi Suriya shimoliy qismiga yurishni boshladi. Ular Idlib viloyatini, mamlakatdagi aholi soni bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turuvchi Halab shahrini, Hama va Homs viloyatlari hududlarining bir qismini o‘z nazoratiga oldi. Shundan so‘ng Damashqqa kirdi. Sobiq prezident Bashar Asad esa oilasi bilan mamlakatdan qochib ketdi va Rossiyadan boshpana oldi. 

Eslatib o‘tamiz, 29 yanvar kuni ham Suriya poytaxti Damashq shahrida Rossiya va Suriya vakillari bilan bo‘lgan uchrashuvda Ahmad ash-Shara Rossiya vakillaridan Bashar Asadni topshirishni talab qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Suriya Bashar Asad Rosiya Ahmad ash-Shara

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing