AsadAlgo'ning ukasi organ xodimlariga qarshilik ko‘rsatib, o‘ziga “lezviya” tortdi (video)
3-sahifa
−
29 mart
32626Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda AsadAlgo nomi bilan tanilgan marhum blogerning ukasi o‘ziga "lezviya" orqali jarohat yetkazgani aks etgan video tarqaldi. Toshkent shahar IIBB mazkur holatga o‘z munosabatini bildirdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 25 mart kuni kechasi Chilonzor tumanida bir nechta fuqarolar o‘zaro janjallashib, jamoat tartibini buzganligi haqida xabar kelib tushgan. Voqea joyiga zudlik bilan yetib borgan tuman IIO FMB xodimlari 7 nafar fuqaroni tinchlantirib, tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish uchun yaqin oradagi IIBga olib borayotgan vaqtida, ular ichki ishlar organlari xodimlarining qonuniy talabini bajarmasdan, faol qarshilik ko‘rsatgan. Ayni paytda ushbu fuqarolarning ayrimlari noma’lum moddadan mastlik holatida bo‘lgani ham sezilgan.
Holat yuzasidan ushbu fuqarolarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik), 194-moddasi (ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
"2024 yilning 26 mart kuni ushbu fuqarolarni sudga olib borish uchun chaqirtirilgan vaqtda, Chilonzor tumani IIO FMB hovlisida (AsadAlgo nomi bilan tanilgan marhum blogerning ukasi) Sh.A. javobgarlikdan qutulish maqsadida, namoyishkorona ko‘ylagini yechib, og‘zida bo‘lgan piska (lezviya) bo‘lagi bilan qorin va qo‘l qismini yengil kesib, o‘ziga o‘zi tan jarohati yetkazgan. IIO xodimlari tomonidan tezkorlik bilan ko‘rilgan choralar natijasida fuqarodan "lezviya" olib qo‘yilib, og‘ir oqibatlarning oldi olingan", deyiladi xabarda.
Bildirilishicha, Sh.A.ga zudlik bilan birinchi yordam ko‘rsatilib, tibbiyot muassasasiga olib borilgan. Unga tibbiyot xodimlari tomonidan tibbiy yordam ko‘rsatilganidan so‘ng, u shu kunning o‘zida uyiga ketgan. Tibbiy ma’lumotga ko‘ra Sh.A.ga "qorin old devorining kesilgan jarohatlari, chap qo‘l bilak sohasi kesilgan jarohati” tashxisi qo‘yilgan.
Ayni paytda holat tuman prokuraturasi tomonidan o‘rganilayotgani aytilmoqda.
LiveBarchasi