Asad qo‘shinlari chekinmoqda – OAV
Olam
−
07 dekabr 2024
7198Suriyadagi Bashar Asad rejimi kuchlari Isroil bilan chegaradosh Al-Qunaytra viloyatidagi postlarini tashlab ketmoqda. Bu haqda “Anadolu” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, oxirgi 24 soat ichida suriyalik isyonchilar Suriya janubidagi, shuningdek, Isroil bilan chegaraga yaqin joylashgan Dar’a viloyatining katta qismini egallab olgan.
Shuningdek, ular Suriya shimoli-sharqidagi Hasaka viloyatining Qamishli tumanidan chekinib, nazoratni jangarilarga qoldirgan.
“Al-Jazeera”ga ko‘ra, Suriya hukumat kuchlari Homs viloyatidagi qadimiy Palmira shahri yaqinidagi muhim T-4 aviabazasidan ham qo‘shinlarini olib chiqishni boshlagan.
Tiyas nomi bilan ham tanilgan T-4 Livandagi "Hizbulloh" uchun qurol-aslaha tashuvchi Eron yuk aviakompaniyalari tez-tez qo‘nadigan ikkita yirik aeroportdan biri (ikkinchisi Damashq xalqaro aeroporti) hisoblanadi.
So‘nggi yillarda Isroil T-4 aviabazasiga bir necha bor hujum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, 4 dekabr kuni “Hayat Tahrir ash-Shom” radikal ekstremistik guruhi a’zolari Damashqqa olib boruvchi yo‘lda joylashgan yirik Hama shahrini uch tomondan o‘rab olgandi. Kecha, 6 dekabr kuni ekstremistik guruhi a’zolari Homs shahriga kirib keldi. Keyinroq guruh a’zolari Suriya janubidagi Dar’a viloyati ma’muriy markazi va viloyatning katta qismini o‘z nazoratiga olgani haqida ham xabar berilgandi.
LiveBarchasi
Isroil va HAMAS kelishuvga erishdi.
15 yanvar
Eron Prezidenti Markaziy Osiyoga keldi.
15 yanvar