Asad Erdo‘g‘anning taklifini qabul qilishi mumkin – OAV

Olam

image

Suriya Prezidenti Bashar Asad mamlakatning shimoliy hududlarida vaziyat keskinlashgani sababli Turkiya rahbari Rajab Toyib Erdo‘g‘anning munosabatlarni normallashtirish bo‘yicha taklifini qabul qilishi mumkin. Bu haqda “Hürriyet” nashri xabar berdi.

“Asad bir yildan beri qo‘lini uzatib turgan Prezident Erdo‘g‘anning qo‘lini siqmaslik xatosining oqibatini tushundi... Ammo hali kech emas. Yangi vaziyatda Asad Erdo‘g‘anning qo‘lini siqishi mumkin”, deb yozadi nashr sharhlovchisi Abdulqodir Selvi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an va Suriya Prezidenti Bashar Asad o‘rtasidagi uchrashuv avgust oyida chegara nazorat punktida bo‘lib o‘tishi mumkinligi haqida xabar berilgandi. 24 iyul kuni Turkiya Tashqi ishlar vaziri Xoqon Fidan Erdo‘g‘an va Asad o‘rtasidagi uchrashuvni tashkil qilish ustida ish olib borayotganini aytgandi.

Shuningdek, sentyabr oyida Erdo‘g‘an ham Bashar Asad bilan uchrashishga tayyorligini, Damashqdan javob kutayotganini aytgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Bashar Asad

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing