Art House'dan investorlarga qaynoq taklif

Biznes

image

Odatda reklamalarda chiroyli tasvirlanadigan uylar juda qimmat bo‘ladi. Buning ustiga bo‘lib to‘lash imkoniyati yo‘q yoki bo‘lsa ham katta foiz evaziga. Ammo bugun sizga mijozlarning manfaatlarini o‘ylaydigan kompaniyani tanishtirmoqchiman. Art House oldindan to‘lov atiga 25 foiz bo‘lgan uylarni taklif etadi. Bu hali hammasi emas, to‘lovning 35 foizini keyingi 24 oy ichida, qolgan 40 foizini esa Ipoteka krediti orqali bo‘lib to‘lashingiz mumkin.

Shuncha imkoniyatga yarasha uylar sifatsiz emasmikan, deb tashvishlanishga hojat yo‘q. Uylar Bizness Klass toifasiga kiradi. 2025 yilning 4-choragida foydalanishga topshiriladigan ushbu xonadonlarda mashinalardan xoli hovli, bolalar maydonchasi, sport zal, super va giper marketlar, salon va barbershoplar bo‘lishi rejalashtirilgan.

Binoda 783 ta mashinaga mo‘ljallangan yerosti hamda 510 o‘rinli yerusti avtoturargoh mavjud. Shuningdek, binoning 30 foizi yashil hududlardan iborat. 9 ta blokdan iborat 16 qavatli ushbu binolar Toshkentning markazi Yunusobod tumanida joylashgan.

Turar-joy majmuasidan 1 xonali uylardan tortib, 4 xonaligacha, hatto 2 qavatli uylarni ham xarid qilishingiz mumkin. Agar to‘lovni to‘liq to‘lasangiz 13 foiz chegirmaga ega bo‘lasiz. Sotuv ofisining manzili: Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Chinobod ko‘chasi, 49-uy. Mo‘ljal: Chinobod sihatgohi.

Agar tezroq yangi uyga ko‘chib o‘tmoqchi bo‘lsangiz, Art House sizga tayyor uylarni ham taklif etadi. Hozirda Ko‘kcha-Oqtepa turarjoy majmuasidagi xonadonlarda katta aksiya ketmoqda. Uylarning 95 foizi allaqachon qurib bitkazilgan.

Monolitkonstruksiyasi asosida qurilayotgan majmuadan siz katta oila uchun keng xonalarga ega 3 xonali va hatto yerto‘lali xonadonlarni sotib olishingiz mumkin.

Agar ushbu turarjoy majmuasidan uy sotib olsangiz va 100 foiz to‘lovni birdan to‘lasangiz, 10 foiz chegirmaga ega bo‘lasiz. Shunda siz 200 millionga yaqin pulni tejab qolasiz. Bu esa bitta mashina degani. Xo‘sh, ham uy, ham mashinali bo‘lishga nima deysiz? Ammo shoshiling! Uylarning 90 foizi allaqachon sotib bo‘lingan.

Ushbu xonadonlarning boshlang‘ich to‘lovi 40 foiz. Qolgan mablag‘ni esa moliyaviy imkoniyatingizdan kelib chiqib tuzib berilgan grafik asosida to‘lash imkoniyati mavjud. Ushbu ob’ektning manzili: Toshkent shahar, Uchtepa tumani, Zakovat ko‘chasi, 9A-uy. Mo‘ljal: Ko‘kcha masjidi.

Kompaniya nafaqat uy sotib olmoqchi bo‘lganlar uchun, balki daromadli biznesga investitsiya kiritmoqchi bo‘lganlar uchun hamkorlik taklif qiladi.

Uy sotib olish inson hayotidagi eng muhim jarayonlardan biri. Chunki sizning butun umringiz, yaxshi-yomon kunlaringiz ushbu xonadonda o‘tadi. Shu sababli kompaniyani to‘g‘ri tanlash juda muhim. Siz yillab halol mehnatlaringiz evaziga yiqqan pullaringizni bamaylixotir Art House’ ga ishonishingiz mumkin. Chunki kompaniya 12 yillik tajribaga ega. Navoiy va Toshkent shaharlarida 30 dan ortiq qurilish loyihalarini amalga oshirgan. Ayni damda esa Yunusobod Business Cityda “Musaffo TJM”, Uchtepa tumanidagi “Ko‘kcha-Oqtepa” TJM, Navoiy shahridagi “Brilliant TJM”, “Sputnik city” hamda “Besh yulduz TJM” proyektlari ustida ish olib borilmoqda. Kompaniya qonun talablariga javob beradigan barcha hujjatlarga ega.

Qulay shartlar asosida qulay lokatsiyaga ega TJM dan xonadon xarid qilishga shoshiling!

Tezkor axborot liniyasi telefon raqami+998712307447

Instagram: Arthouse_Uzb

Telegram: ArthouseUzb

YouTube: ArtHouse_Uzbekistan

Facebook: ArthouseUzb

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

Teglar

Yunusobod investitsiya Art House uylar Bizness Klass Ko'kcha-Oqtepa Musaffo TJM

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing