“Arsenal” tiz cho‘kdi
Sport
−
11 iyun 2020
11802Londonning “Arsenal” klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta politsiya tomonidan afroamerikalik Jorj Floyd o‘ldirilgach, marhumni xotirlash uchun tiz cho‘kdi. Unga futbolchilar ham ergashdi. Bu haqda “to‘pchilar” matbuot xizmati xabar bermoqda.
Futbolchilar “Emireyts” stadioni maydoniga irqchilikka qarshi kurashni aks ettiruvchi turli xil jumlalar bilan kirib kelishdi.
Klubning o‘zi qora tanlilarning hayoti muhimligini ko‘rsatuvchi xeshteg bilan fotosurat joylashtirdi.
Avvalroq, AQSHning Shimoliy Karolina shtatida mahalliy cherkov vakillari vafot etgan Jorj Floydni xotirlash uchun namoyish uyushtirishgan vaqtda oq tanlilar tomonidan qora tanli odamlarning oyog‘ini yuvib qo‘yishgani haqida xabar bergan edik.