“Arsenal” Arteta bilan muzokaralarni to‘xtatdi

Sport

image

Londonning “Arsenal” klubi jamoaning amaldagi bosh murabbiyi Mikel Arteta bilan yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralarni to‘xtatdi. Bu haqda “The Sun” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “kanonirlar” APL chempionligi uchun kurashda chalg‘imaslikka intilmoqda. Qayd etilishicha, mutaxassis PSJ qiziqishlari doirasida turibdi. Parijliklar ustozi Kristof Galtening klubdagi kelajagi bo‘yicha noaniqlik saqlanib qolmoqda. PSJ prezidenti Nosir Al-Xelayfi Artetaning London jamoasidagi ishidan so‘ng, uning xizmatlariga qiziqishi ortgan.

Artetaning “Arsenal” bilan shartnomasi 2025 yilning iyunigacha amal qiladi. Hozirda “Arsenal” APL turnir jadvalida 74 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Arsenal Arteta

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made