Arsenal A seriya to‘purarini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

Sport

image

“Fiorentina” hujumchisi Dushan Vlaxovich faoliyatini Angliya premer ligasida davom ettirishi mumkin.

Xabarlarga ko‘ra, Londonning “Arsenal” klubi “binafsharanglilar”ga futbolchining transferi uchun 70 million yevro taklif qilgan. Italiya klubi rahbariyati hujumchini qo‘yib yuborishga tayyor, ammo futbolchining o‘zi faoliyatini boshqa jamoada davom ettirmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, 21 yoshli Vlaxovich 2018 yilda 1,95 million yevro evaziga “Partizan”dan “Fiorentina” safiga kelib qo‘shilgan edi. Joriy mavsumda serbiyalik hujumchi Italiya A seriyasida 20 ta o‘yinda maydonga tushgan va 16 ta gol urib, 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Shuningdek, mamlakat kubogining uchta o‘yinida uchta gol muallifi bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, Vlaxovichning shartnomasi 2023 yilda o‘z yakuniga yetadi. “Transfermarkt” portali futbolchini 70 mln yevroga baholamoqda.
 


Maqola muallifi

Teglar

Arsenal Fiorentina Vlaxovich

Baholaganlar

40

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing