Aroq va likyor-aroq mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarga yangi litsenzion talablar qo‘yiladi

Jamiyat

image

Prezident Shavkat Mirziyoyevning 5 fevral kuni imzolagan “Alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularning aylanmasini davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish hamda uzumchilik va vinochilikni rivojlantirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida​”gi farmoniga binoan 2020 yil 1 yanvardan boshlab aroq va (yoki) likyor-aroq mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar uchun alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirishga quyidagi qo‘shimcha litsenzion talablar joriy etiladi.
 
Qo‘shimcha litsenzion talablar:
 
uch yil ichida o‘zining texnik uzum navlari plantatsiyalarini bir tekis yaratish va kelgusida vino materiallari va (yoki) vino ishlab chiqarishni tashkil qilish. Bunda texnik uzum navlari ekilganidan keyingi uch yildan so‘ng texnik uzum navlari plantatsiyalarining maydoni aroq va (yoki) likyor-aroq mahsulotlarini yillik ishlab chiqarish hajmining 75 foiziga mutanosib keladigan vino materiallari va (yoki) vino ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan hosilni yig‘ish imkonini berishi kerak;
 
aroq hamda iste’mol etil spirtidan aroq va likyor-aroq mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha mavjud yillik ishlab chiqarish quvvatlaridan o‘rnatilgan quvvatlarning 60 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda foydalanilishini ta’minlash. Bunda yillik ishlab chiqarish hajmi absolyut alkogolga qayta hisoblaganda kamida 100 ming dekalitrni tashkil qilishi lozim;
 
aroq ishlab chiqarmaydigan korxonalarda iste’moletil spirtidan likyor-aroq mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha mavjud yillik ishlab chiqarish quvvatlaridan o‘rnatilgan quvvatlarning 50 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda foydalanilishini ta’minlash;
 
bunda uzum, mevalar va rezavordan tayyorlangan alkogol mahsulotlariga minimal ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha litsenzion talab o‘rnatilmaydi.
 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Etil spirti, alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash komissiyasi tomonidan alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirishga ilgari berilgan litsenziyalar, amal qilish muddatidan qat’i nazar, 2019 yil 1 iyulgacha haqiqiy hisoblanadi va yangi litsenziya talablarini hisobga olgan holda qayta rasmiylashtirilishi shart.


Maqola muallifi

Teglar

aroq likyor-aroq

Baholaganlar

4

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing