Armanistonning sobiq rahbari yana prezidentlikka da’vo qilmoqchi
Olam
−
04 mart 2021
3855Armanistonning sobiq Prezidenti Robert Kocharyan Armaniston rahbari maqomi uchun yana kurashishga tayyorligini bildirdi.
"Men ishtirok etaman va g‘alaba qozonaman deb da’vo qilaman, demakki bu mamlakatda biror narsani o‘zgartirish kerakligiga, uni tuzatish kerakligiga ham da’vo qilaman", degan siyosatchi.
Shu bilan birga, u respublikani boshqarishga, "mamlakat rivojlanishining boshqarilishi va dinamikasi"ni tiklash uchun yetarlicha tajribaga ega ekanligi haqida fikr bildirgan.
Bundan tashqari, eks-prezident muxolifat va harbiylarning Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyanning iste’fosi haqidagi talablarini qo‘llab-quvvatlashini aytgan.
Ma’lumot o‘rnida, Kocharyan 1998-2008 yillarda Armaniston Prezidenti bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, 25 fevral kuni Armaniston armiyasi mamlakat Bosh vaziri Nikol Pashinyanning iste’fosini talab qilgandi.
Buning sababi Armaniston Prezidenti Armen Sarkisyan Pashinyanning taklifiga binoan, Bosh shtab rahbarining birinchi o‘rinbosari Tiran Xachatryanni ishdan bo‘shatgandi.
LiveBarchasi