Armanistonning sobiq prezidenti Pashinyanni qoraladi

Olam

image

Armanistonning sobiq prezidenti Robert Kocharyan Bosh vazir Nikol Pashinyanning hukmron “Fuqarolik shartnomasi” partiyasi saylov natijalari rasman e’lon qilinmasidan oldin g‘alaba haqida bayonot berganini qoralab, buni hokimiyatni egallab olishga urinish deb baholadi.

Kocharyanning aytishicha, saylov natijalari to‘liq hisoblab chiqilmasdan turib bunday bayonotlar Markaziy saylov komissiyasiga bosim o‘tkazish va hokimiyatni egallashga urinish hisoblanadi.

Pashinyan esa Armanistonda bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarida o‘z partiyasi g‘alaba qozonganini va hukumatni mustaqil tarzda shakllantirishini ma’lum qilgan. Bu bayonot Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ovozlarning atigi 20 foizi hisoblab chiqilgan paytda e’lon qilingan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 50 foiz ovozlar hisoblangach, “Fuqarolik shartnomasi” partiyasi 51,71 foiz bilan yetakchilik qilmoqda. Ikkinchi o‘rinda “Kuchli Armaniston” blogi 23,2 foiz, uchinchi o‘rinda esa “Armaniston” blogi 9,33 foiz ovoz olgan.

Saylovda ishtirok etish darajasi 58,97 foizni tashkil etdi. Ovoz berishda 1 million 476 ming 697 nafar saylovchi qatnashdi.

Armaniston qonunchiligiga ko‘ra, parlamentga kirish uchun partiyalar kamida 4 foiz, ikki partiyadan iborat bloklar 8 foiz, uch va undan ortiq partiyali alyanslar esa 10 foiz ovoz to‘plashi kerak.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq mamlakat Bosh vaziri Nikol Pashinyan saylovoldi debati paytida Armaniston kerak bo‘lsa, Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotidan (KXSHT) chiqishi mumkinligi haqida gapirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Nikol Pashinyan Armaniston Robert Kocharyan Fuqarolik shartnomasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing