Armanistonning sobiq Prezidenti Pashinyanni Putinga hurmatsizlikda aybladi 

Olam

image
0:00
0:00
download

Armanistonning sobiq Prezidenti Serj Sargsyan Respublika Bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Nikol Pashinyan Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga nisbatan hurmatsizlik qilgan deb hisoblaydi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.  

“Siz Rossiya Federatsiyasi Prezidentiga hurmatsizlik qilsangiz, u sizga hurmat ko‘rsatadimi? Siz kim bo‘libsizki, Rossiya Federatsiyasi Prezidentini aeroportda kutib olmasangiz? Shaxsiyatidan qat’i nazar: Putin, Medvedev, Yelsin. Nega hurmatsizlik qilasiz?”degan Sargsyan Pashinyanga qarata. 

U Armaniston qonunchiligiga binoan BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zo davlatlari Prezidentlari va Bosh vazirlarini aeroportda Armaniston Bosh vaziri yoki Prezidenti kutib olishi kerakligini eslagan. Rossiya-Armaniston munosabatlari haqida gapirganda, Sargsyan Rossiya Armanistonning ittifoqchisi bo‘lganini va bundan keyin ham shunday bo‘lib qolishini ta’kidlagan. 

Eslatib o‘tamiz, 2019 yilda Putin Yerevanda bo‘lib o‘tgan Yevroosiyo iqtisodiy kengashining forumida ishtirok etgan. Ma’lum bo‘lishicha, Pashinyan Rossiya rahbarini aeroportda kutib olmagan. Shu bilan birga, Pashinyan Putin bilan uchrashishni xohlashda davom etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Putin Pashinyan

Baholaganlar

163

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing