Armanistonda motam e’lon qilindi

Olam

image

Armanistonda “Surmalu” ulgurji-chakana savdo markazida yuz bergan portlash munosabati bilan ikki kunlik motam e’lon qilindi. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar berdi.

“Armanistonda “Surmalu” savdo markazidagi fojia munosabati bilan 17-18 avgust kunlari ikki kunlik motam e’lon qilindi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 14 avgust kuni Armaniston poytaxti Yerevandagi “Surmalu” savdo markazining pirotexnika omborida kuchli portlash sodir bo‘ldi. Oqibatda kamida 16 kishi vafot etdi. Qurbonlar orasida yosh bola va homilador ayol ham bor. 

Bundan tashqari, 61 nafar jabrlanuvchi Yerevan tibbiyot muassasalariga joylashtirilgan bo‘lib, ulardan 13 nafari davolanishda qolmoqda, 48 nafariga yordam ko‘rsatilib, uyiga javob berilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Armaniston

Baholaganlar

522

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing