Yerevanda kuchli portlash sodir bo‘ldi. Qurbonlar bor (video)
Olam
−
14 avgust 2022 19343 1 daqiqa
Armaniston poytaxti Yerevandagi “Surmalu” savdo markazida portlash sodir bo‘ldi. Qurbonlar bor. Bu haqda Armaniston Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmatiga tayanib, RIA Novosti xabar bermoqda.
"Surmalu” savdo markazida portlash ro‘y berdi, yong‘in chiqdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlar bor", deydi FVV matbuot kotibi Ayk Kostanyan.
Biroq, qurbonlarning aniq soni haqida ma’lumot berilmagan.
Kostanyaning so‘zlariga ko‘ra, voqea joyida o‘t o‘chirish va qutqaruv guruhidan iborat oltita ekipaj ishlamoqda.
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28