Armanistonda “G‘arbiy Nil” isitmasi aniqlandi
Salomatlik
−
21 avgust
1996Armanistonda “G‘arbiy Nil” isitmasi bilan kasallangan 60 ga yaqin holat tasdiqlandi. Bu haqda Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish milliy markazi direktori Stepan Atoyan ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, kasallik qo‘zg‘atuvchisi mamlakatning Aragatsotn viloyatida aniqlangan. Ularning tashuvchilari chivinlardan topilgan va avgust oyi boshida “G‘arbiy Nil” isitmasi bilan kasallanishning birinchi holati tasdiqlangan. Kasallik Armanistonga qo‘shni mamlakatlarda qayd etilmagan. Bugungi kunda Armanistonda “G‘arbiy Nil” isitmasi bilan kasallangan 58 bemor shifoxonaga yotqizilgan, ularning to‘rttasida kasallik og‘ir o‘tmoqda.
Qayd etilishicha, hozircha tashuvchilar faqat Aragatsotn viloyatida aniqlangan, biroq xavf zonasiga Ararat va Armavir viloyatlari ham kiradi.
Ma’lumot uchun, “G‘arbiy Nil” isitmasi yuqumli kasallik bo‘lib, uning tabiiy o‘choqlari Afrika, Amerika, Yevropa va Osiyoning 90 dan ortiq mamlakatida joylashgan. Virus chivinlar orqali yuqadi va yuqori isitma, bosh og‘rig‘i, mushak og‘rig‘i, toshma toshish alomatlari bilan bezovta qiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Rossiyada ham ushbu kasallik holati qayd etilgan edi.
LiveBarchasi