Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasida otishma
Olam
−
08 yanvar 2022
10975Ozarbayjon Mudofaa vazirligi bugun, 7 yanvar kuni Armaniston bilan chegarada navbatdagi provokatsiya haqida xabar berdi.
Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, arman harbiylari 8 yanvar kuni kunning ikkinchi yarmida respublikaning Kalbajar viloyati hududidagi Ozarbayjon harbiylarining pozitsiyalarini o‘qqa tutgan. Avtomatik granata va yirik kalibrli qurollardan otish Armanistonning Basarkecheyar viloyatidagi Yuqori Sho‘rja aholi punkti yo‘nalishidan olib borilgan.
Ko‘rilgan javob choralari natijasida qurolli to‘qnashuv bostirilgan. Ozarbayjon Qurolli kuchlari shaxsiy tarkibi orasida qurbonlar yo‘q.
Ko‘rsatilgan yo‘nalishda vaziyat barqarorlashgan.
Eslatib o‘tamiz, so‘nggi bor 2021 yilning 9 dekabr kuni Armaniston Qurolli kuchlari Ozarbayjon Kalbajar viloyati tomonga qarata o‘q uzgandi. Oqibatda Ozarbayjon-Armaniston davlat chegarasining Kalbajar yo‘nalishida Asif Adil o‘g‘li Aliyev halok bo‘lgan.
O‘tgan yilning 14 dekabr kuni Belgiyaning Bryussel shahrida Yevropa kengashi raisi Sharl Mishel tashabbusi bilan Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev va Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan o‘rtasida uch tomonlama uchrashuv o‘tkazildi. Ozarbayjon Prezidenti besh soat davom etgan bu muzokaralarni konstruktiv deya baholadi.