Armaniston to‘qnashuvni Ozarbayjon harbiy-siyosiy rahbariyatiga ag‘dardi. Vaziyat qaltis
Olam
−
27 Sentabr 2020
11345Armaniston Ozarbayjonga qarshi qurolli hujumni izohladi. Mamlakat Mudofaa vazirligi matbuot kotibi Shushan Stepanyan ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida yozishicha, bugun, 27 sentyabr kuni Armaniston qurolli kuchlari Ozarbayjonning ikki vertolyotini va uchta uchuvchisiz samolyotni urib tushirgan.
Avvalroq, rasmiy Bakuda ikki mamlakat chegarasidagi bir nechta aholi punktlari Armaniston tomonidan o‘qqa tutilgani haqida xabar bergan edi. Stepanyanning ta’kidlashicha, to‘qnashuvlar uchun barcha mas’uliyat Ozarbayjonning gardanida.
Ikki mamlakat o‘rtasidagi jangavor to‘qnashuvlar bo‘yicha Armaniston Tashqi ishlar vazirligi bayonot bilan chiqdi. Unda qayd etilishicha, qurolli to‘vnashuvni Ozarbayjon harbiylari boshlagan.
“Erta tongdan Ozarbayjon tomoni aloqa chizig‘ining butun uzunligi bo‘ylab intensiv o‘q otishni boshladi, tinch aholi punktlarini, shu jumladan poytaxt Stepanakertni ham ataylab o‘qqa tutdi.
Biz Ozarbayjonning harbiy-siyosiy rahbariyatining Tog‘li Qorabog‘ (Arsax – tarixiy nomi. Tahr.) Respublikasiga qarshi agressiyasini qat’iyan qoralaymiz. Armaniston tomonlari Arsax aholisining xavfsizligini ta’minlash va mutanosib siyosiy va harbiy javob berish uchun o‘zlarining barcha imkoniyatlaridan foydalangan holda qat’iy choralar ko‘radilar. Ozarbayjon tomonidan amalga oshirilgan tajovuz uchun Ozarbayjonning harbiy-siyosiy rahbariyati to‘liq javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi”, deyiladi rasmiy bayonotda.
Ayni vaqt rasmiy Baku ushbu bayonotning aksini bermoqda.
Ikki mamlakat chegaralaridagi vaziyat qaltislashib bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 27 sentyabr kuni Baku vaqti bilan soat 06:00 da Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasida qurolli to‘qnashuvlar boshlandi. Bakuga ko‘ra, Yereven Ozarbayjon armiyasining butun front chizig‘i bo‘ylab pozitsiyalarini va frontal zonada joylashgan turar-joylarni yirik kalibrli qurollardan, minomyotlardan va turli kalibrli artilleriya inshootlaridan intensiv o‘qqa tutgan
LiveBarchasi