Armaniston Prezidenti rafiqasi bilan koronavirusga qarshi emlandi
Olam
−
20 aprel 2021
3106Armaniston Prezidenti Armen Sarkisyan koronavirus infeksiyasiga qarshi emlandi. Bu haqda Prezident ma’muriyati tomonidan xabar berilgan.
Ta’kidlanishicha, Armen Sarkisyan rafiqasi Nune Sarkisyan bilan birgalikda shifokorlar ko‘rsatmasiga binoan emlangan.
Prezident va uning rafiqasi qaysi vaksina bilan emlangani haqida ma’lumot berilmagan.
Eslatib o‘tamiz, Armaniston Prezidenti Armen Sarkisyan yanvar oyida, Londonda yangi yil ta’tilini oilasi bilan o‘tkazayotgan vaqtda koronavirus yuqtirib olgandi. 13 yanvar kuni u Buyuk Britaniya poytaxtidagi shifoxonaga yotqizilgan. 15 fevral kuni esa Sarkisyan Londondan Yerevanga qaytib kelgan.
LiveBarchasi