Armaniston parlamentida yana tomosha! Bu safar deputatlar mushtlashdi (video)
Olam
−
22 aprel 6734 2 daqiqa
Bugun, 22 aprel kuni kunda Armaniston parlamenti majlisida spiker va muxolifat deputati o‘rtasidagi og‘zaki tortishuv oxir-oqibat mushtlashuvga aylanib ketdi. Vaziyatni bartaraf etish uchun xavfsizlik xizmati jalb qilindi. Bu haqda “Sputnik Armaniston” xabar berdi.
Qayd etilishicha, parlament majlisida hokimiyat va muxolifat vakillari o‘rtasida ommaviy janjal yuz bergan. Vaziyat Milliy Majlis spikeri Alen Simonyanning “Ayastan” fraksiyasida ichki ziddiyat mavjudligi haqidagi bayonotidan so‘ng taranglashgan. Uning ta’kidlashicha, fraksiyaning partiyasiz a’zolari “Dashnoqsutyun” partiyasining ta’siriga tushib qolgan.
Mazkur hodisa muxolifat tomonidan Armanlar genotsidini inkor etishni jinoyat deb tan olish bo‘yicha qonun loyihasi taqdim etilganidan keyin yuz bergan. Simonyanning gaplariga “Ayastan” fraksiyasi deputati Garnik Daniyelyan javob qaytargan. Shundan so‘ng bahsga boshqa muxolifat vakillari ham qo‘shilgan. Videoyozuvda muxolifat deputati Gegam Manukyan va iqtidordagi “Fuqarolik shartnomasi” fraksiyasi a’zosi Vage Galumyan o‘rtasidagi og‘zaki tortishuv jismoniy to‘qnashuvga aylanganini ko‘rish mumkin.
Mojaro tezda kengayib ketgan va boshqa deputatlar ham mushtlashuvga qo‘shilgan. “Fuqarolik shartnomasi” vakillari Aren Mkrtchyan va Narek Grigoryanni, ayniqsa, faol bo‘lganlarini, ularning hamkasblari tinchlantirishga harakat qilgan.
Bir necha daqiqadan so‘ng mojaroni to‘xtatish uchun Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari zalga kiritilgan. Shundan so‘ng spiker 20 daqiqalik tanaffus e’lon qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan mamlakat Milliy Majlisidagi chiqishi chog‘ida hukumatning byudjet siyosatini tanqid qilgan muxolifatga javob berar ekan, o‘z his-tuyg‘ularini jilovlay olmay jazavaga tushgan edi. Qolaversa, u betartib nutqi chog‘ida raqiblariga o‘zining o‘rnida bo‘lib ko‘rishni va hukumat “byudjetni to‘ldirgani, to‘ldirayotgani va bundan keyin ham to‘ldirishini aytgan” hamda oppozitsiyani noo‘rin tanqid qilayotganlikda va asossiz ayblovlar qo‘yayotganlikda ayblagan.
Live
Barchasi