Armaniston parlamentida ommaviy mushtlashuv bo‘lib o‘tdi

Olam

image

Armaniston parlamentida hukumat a’zolari ishtirokida katta mushtlashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda bugun, 8 may kuni RIA Novosti nashri xabar qiladi.

Ta’kidlanishicha, voqea “Yorqin Armaniston“ muxolifat fraksiyasi rahbari Edmon Marukyanning boshqa partiyalardagi hamkasblarini o‘z chiqishlarida raqiblarini haqorat qilmaslikka chaqirgan nutqidan keyin bo‘lgan.

Natijada Marukyan bilan hukmron “Mening qadamim“ partiyasidan saylangan deputat Sasun Mikayelyan o‘rtasida janjal bo‘lib chiqdi. Biroz vaqt o‘tgach, kurashga boshqa deputatlar ham qo‘shilishdi.

Ushbu janjalni parlamentdagi xavfsizlik xodimlari aralashuvi nihoyasiga yetkazgan. Majlis shu bilan yakunlanganmi yoki davom etganmi ma’lumot berilmagan.

Avvalroq, Turkiya parlamentida ham janjal yuzaga kelgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Armaniston

Baholaganlar

192

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing