Armaniston Ozarbayjon pozitsiyasini o‘qqa tutdi

Olam

image

Armaniston Qurolli Kuchlari bo‘linmalari Ozarbayjon armiyasining Naxchivon yo‘nalishidagi pozitsiyalarini o‘qqa tutdi. Armaniston tomoni esa buni rad etdi. Bu haqda mamlakatlar Mudofaa vazirliklari bayonot berdi.

Ozarbayjon Mudofaa vazirligiga ko‘ra, o‘qqa tutish katta kalibrli pulemyotlardan amalga oshirilgan. Armaniston harbiylari Goris tumanidagi Aravus aholi punktidan turib o‘q uzgan. O‘z navbatida, Ozarbayjon harbiylari Julf tumanidagi Lyakyatag qishlog‘i yaqinida joylashgan bo‘lgan.

“Ozarbayjon armiyasi bo‘linmalari ko‘rsatilgan yo‘nalishda javob choralarini ko‘rdi”, deyiladi Mudofaa vazirligi xabarida.

O‘z o‘rnida, Armaniston tomoni ushbu xabarni rad etdi va uning haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qildi.

“Ozarbayjon Mudofaa vazirligining 26 sentyabr kuni soat 16:10 da (mahalliy vaqt bilan) Armaniston Respublikasi Qurolli Kuchlari bo‘linmalari janubiy-g‘arbiy chegarada joylashgan Ozarbayjon pozitsiyalariga o‘q otgani haqida xabari haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi”, deyiladi Armaniston tomoni bayonotida.

Qayd etish joiz, bugun, 26 sentyabr kuni AQSHning Nyu-York shahrida Armaniston va Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirlari Jayhun Bayramov va Ararat Mirzoyan AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken vositachiligida muzokara o‘tkazdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ham Armaniston Qurolli kuchlari tomonidan Ozarbayjon armiyasining pozitsiyalari o‘qqa tutilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Ozarbayjon Armaniston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing