Armaniston MXXning sobiq rahbari Pashinyanga suiqasd uyushtirishda gumonlanyapti
Olam
−
14 noyabr 2020
10407Armaniston Milliy xavfsizlik xizmatining (MXX) sobiq rahbari mamlakat Bosh vaziri Nikol Pashinyanga suiqasd tayyorlaganlikda gumon qilinib, qo‘lga olindi. Bu haqda RIA Novosti gumonlanuvchining advokati Lusine Saakyanga tayanib xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 14 noyabr kuni Vanetsyan MXX tergov bo‘limiga chaqirilgan va hibsga olingan. Shuningdek, Armaniston maxsus xizmatlarining sobiq rahbari hokimiyatni egallash va qurollarni noqonuniy olish, sotish va saqlashda gumon qilinmoqda. Unga qo‘yilayotgan ayblovlar orasida davlat, jamoat arboblarini o‘ldirishga tayyorgarlik ko‘rish ham bor.
Yuristning so‘zlariga ko‘ra, hokimiyatni saqlab qolishga urinayotgan Hukumatning fikrlashi shu darajaga yetdiki, Nikol Pashinyanga suiqasd tayyorlash ayblovi “tug‘ilyapt”.
“Bularga qonuniy tomonlama izoh berishning iloji yo‘q. Bu hokimiyatni saqlashga, davlatga qarshi dasturlarni oxiriga yetkazishga qaratilgan siyosiy ta’qibdir”, deya ta’kidladi Saakyan.
Bir necha kundan beri Yerevanda norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda. Namoyishchilar Tog‘li Qorabog‘ bo‘yicha imzolangan tinchlik bitimi sabab Pashinyanning iste’fosini talab qilyapti. Ma’lumki, Vanetsyan ushbu mitinglarda qatnashgan.
Eslatib o‘tamiz, 27 sentyabrda Tog‘li Qorabog‘da vaziyat yomonlashdi, bahsli hududda faol janglar boshlandi. Baku va Yerevan 1988 yil fevralidan boshlab Ozarbayjon SSR tarkibidan chiqqanligini e’lon qilganidan beri mintaqaga egalik qilish masalasida bahslashmoqda. 1992-1994 yillardagi qurolli to‘qnashuv paytida Ozarbayjon Tog‘li Qorabog‘ va unga qo‘shni yetti viloyat ustidan nazoratni yo‘qotgandi.
9 noyabr kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin, Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev va Armaniston Respublikasi Bosh vaziri Nikol Pashinyan Tog‘li Qorabog‘dagi harbiy harakatlarning to‘liq to‘xtatilishi to‘g‘risida qo‘shma bayonot imzoladilar. Hujjat, xususan, Rossiyadan tinchlikparvar kuchlarni mintaqaga joylashtirishni nazarda tutadi. Shuningdek, Ozarbayjon Agdam, G‘azax, Kelbajar va Lochin tumanlari ustidan nazoratni qo‘lga kiritadi.
Eslatib o‘tamiz, Tog‘li Qorabog‘da qariyb bir yarim oy davom etgan qurolli to‘qnashuvlarda 4 mingdan ortiq odam halok bo‘ldi, 8 mingdan ziyod kishi jarohatlandi.
LiveBarchasi