Armaniston maktablarida rus tili asosiy fanlar ro‘yxatidan chiqarildi

Olam

image

Armanistonda yangi o‘quv yilidan boshlab rus tili umumta’lim maktablarida o‘qitish uchun zarur bo‘lgan tillar ro‘yxatidan chiqarib tashlandi. Bu haqda “Sputnik” xabar berdi.

Qayd etilishicha, Armanistonda 2024-2025 o‘quv yilidan boshlab maktablar uchun yangi davlat ta’lim standartlari kuchga kirdi. Yozda Armaniston Ta’lim, fan, madaniyat va sport vazirligi barcha maktablarga chet tillarini o‘rgatish bo‘yicha sirkulyar yuborgan.

“Davlat standartida rus tili hali ham o‘rganish uchun birinchi va majburiy chet tili bo‘lib qolmoqda. Sirkulyarda hamma narsa boshqacha: ta’lim muassasalarining bir qator sinflari uchun rus tili asosiy (majburiy) maqomidan chet tili (ixtiyoriy) maqomiga o‘tdi. Shu bilan birga, har bir chet tiliga haftasiga 2 soat ajratilgan”, deyiladi xabarda.

Ya’ni, rus tili mustaqil fan sifatida faqat 4, 9-sinflarda (haftasiga uch soat), 11 va 12-sinflarda (haftasiga ikki soat) o‘rgatiladi. 2, 3, 5, 6, 7, 8 va 10-sinf o‘quvchilari uchun “Rus tili” degan alohida fan yo‘q. “Xorijiy til 1” va “Xorijiy til 2” bor.

Rossiyalik mutaxassislar sirkulyardagi tahrirlardan xavotir bildirdi. Ular bu yil bo‘lmasa, keyingi yillarda rus tiliga ajratiladigan soatlar yanada qisqartirilib, maktab o‘quv dasturidan butunlay chiqarib tashlanadi, deb hisoblamoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq yangi o‘quv yilidan Mo‘g‘ulistonning ko‘plab maktablarida asosiy xorijiy til sifatida rus tili o‘rnini ingliz tili egallashi haqida ma’lum qilingandi. 


Maqola muallifi

Teglar

rus tili Armaniston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing