Armaniston qo‘lga olingan ikki harbiyni Ozarbayjonga qaytardi 

Olam

image
0:00
0:00
download

Armaniston Rossiya Federatsiyasi vositachiligida joriy yilning 18 dekabr kuni Armaniston-Ozarbayjon chegarasida qo‘lga olingan ikki harbiy xizmatchini Ozarbayjonga qaytardi. Bu haqda Armaniston Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.  

“18 dekabr kuni Armaniston harbiy qismlaridan birining javobgarlik zonasida chegarani buzgan Ozarbayjon Qurolli Kuchlarining ikki nafar harbiy xizmatchisi qo‘lga olindi. Gumanitar nuqtai nazardan va Rossiya vositachiligida har ikkala qoidabuzar ham Ozarbayjon tomoniga qaytarildi”, deyiladi xabarda. 

Avvalroq, Armaniston harbiylari Ozarbayjon askarlarini ikki davlat chegarasida qo‘lga olgani haqida xabar tarqalgandi. Yerevan va Baku bu ma’lumotga rasman izoh bermadi. 

Eslatib o‘tamiz, Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bilan joriy yilning 26 noyabr kuni Sochida va 14 dekabr kuni Bryusselda bo‘lib o‘tgan uchrashuvlaridan so‘ng Armaniston va butun mintaqa uchun tinch taraqqiyot davrini ochish imkoniyati paydo bo‘lganini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Ozarbayjon Armaniston

Baholaganlar

48

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing