Armani Italiyada o‘z fabrikalari ishini to‘xtatdi

Olam

image

Modeler va tadbirkor Jorjo Armani koronavirus sabab Milandagi o‘z ofisini bir haftaga yopdi. Shuningdek, Lombardiya, Emiliya-Romanya, Veneto, Trentino-Alto-Adidje va Pemontedagi fabrikalari ishini ham to‘xtatdi. Bu haqida ANSA agentligi xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, mamlakatda o‘tgan kun ichida COVID-19 virusiga 152 kishi chalingan, uch kishi hayot bilan vidolashgan.

AP ma’lumotlariga ko‘ra, dizayner 23 fevral kuni Milanda bo‘lib o‘tgan moda haftaligida o‘z namoyishini yopiq eshiklar ortida o‘tkazishni buyurdi va ushbu tadbirda mehmonlar qatnashmagan.
 


Maqola muallifi

Teglar

Italiya Jorjo Armani

Baholaganlar

49

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing