Arktika dengizi muzlari 2050 yilga borib butkul erib ketishi mumkin
Olam
−
08 noyabr 2022
6795Kecha, 7 noyabr kuni Misrning Sharm-el-Sheyx shahrida Birlashgan Millatlar Tashkilotining iqlim o‘zgarishlariga bag‘ishlangan konferensiyasi boshlandi. Unda aytilishicha, iqlim o‘zgarishlari oqibatida Arktika dengizining muzlari 2050 yilga borib butkul erib ketishi mumkin. Bu haqda “Reutres” agentligi yozmoqda.
Qayd etilishicha, sayyoradagi rekord darajadagi eng issiq sakkiz yildan so‘ng, dunyoning muzli hududlarining erish sur’atlari tezlashmoqda. Erish jarayoni olimlar kutganidan ancha tezroq davom etayotgani haqida dalillar bor.
Oxirgi hisobot mualliflari vaziyatning jiddiy ekanligini isbotlash maqsadida har yili yozda Shimoliy Muz okeanida hosil bo‘ladigan va suzib yuradigan muzlarning “yakuniy tashxisi”ni keltirgan
London Kolleji universitet dengiz muzi tadqiqotchisi Robbi Mallettning e’tirof etishicha, isishni selsiy bo‘yicha 1,5 daraja ushlab turishning ishonchli yo‘li qolmaganidek, muzsiz yozdan qochishning ham ishonchli yo‘li yo‘q. Mallettning qo‘shimcha qilishicha, Sharm-el-Sheyx konfernsiyasi muzliklarni saqlab qolish uchun biroz foydali bo‘ladi, biroq, insoniyat qutqarib bo‘lmaydigan narsani ko‘ra boshladi.
Muzliklar erib bitishi to‘g‘risidagi hisobot e’lon qilinishi BMTning iqlim o‘zgarishlariga bag‘ishlangan va 18 noyabrga qadar davom etadigan sammitining birinchi kuniga to‘g‘ri kelgan. 7 noyabr kuni Arktika muzi bo‘yicha faollar va mahalliy yoshlar Ommaviy axborot vositalarida muzliklarning erishiga qarshi kurashishga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazgan.
O‘tgan yili Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha hukumatlararo kengashi yozgi dengiz muzlari, hatto, issiqlik sanoatlashishdan oldingi o‘rtacha ko‘rsatkichdan 1,6 darajaga yuqori bo‘lgan taqdirda ham yo‘qolishini aytgan. Hozirda dunyodagi o‘rtacha harorat 2100 yilga kelib yana 2,8 darajaga ko‘tarilishi kutilmoqda.
Agar yozgi dengiz muzi yo‘qolsa, ko‘p yillik dengiz muzlari - okeanda yildan-yilga saqlanib turadigan muzlar ham qolmaydi. Yerdagi alohida muhit yo‘q bo‘lib ketadi. Bu 4,5 milliondan ortiq aholi yashaydigan va iqlim o‘zgarishi kuchli shamol va to‘lqinlarni kuchaytirayotgani sababli ortib borayotgan eroziyaga duchor bo‘lgan mintaqaga chuqur ta’sir qilishi mumkin.
Olimlarning ta’kidlashicha, XXI asrning uchinchi dekadasida dunyo karbonat angidrid chiqindilarini 2005 yildagi darajadan ikki barobarga qisqartirishi kerak. 2050 yilga kelib esa, atmosferaga karbonat angidridning chiqarilish darajasini nolga tushirish kerak bo‘ladi. Bu esa ekstremal ta’sirlar bilan boshqaruvdan chiqib ketgan iqlim o‘zgarishining oldini oladi.
Biroq, korbanat angidrid darajasi nolga tushirilgan taqdirda ham dunyoning muz bilan qoplangan hududlaridagi vaziyat 2040-2080 yillar oralig‘ida barqarorlashadi. Muzliklarning erishi sekinlashgunga qadar bir asrdan ko‘proq vaqt o‘tadi. Taxminan 2200 yilda muzliklar erishi kamayishi mumkin.
LiveBarchasi