Har 10 daqiqada necha ayol zo‘ravonlik qurboni bo‘layotgani ochiqlandi

Olam

image

2023 yilda dunyo bo‘ylab 85 ming ayol va qiz qasddan o‘ldirilgan, bu har 10 daqiqada bir ayol oiladagi zo‘ravonlik qurboniga aylanishini anglatadi. Bu haqda kecha, 25 noyabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi (UNODC) tomonidan tayyorlangan hisobotda keltirilgan.

Ularning 51 mingga yaqini (60 foizi) turmush o‘rtog‘i yoki boshqa oila a’zolari tomonidan qasddan o‘ldirilgan. Bu dunyo bo‘ylab har 10 daqiqada bir ayol yoki qiz oiladagi zo‘ravonlikdan halok bo‘lishini anglatadi. Hisobotga ko‘ra, dunyo bo‘ylab har kuni 140 nafar ayol va qiz o‘z jufti yoki yaqin qarindoshi tomonidan o‘ldirilmoqda.

2022 yilda jufti va oila a’zolari tomonidan ayollarni o‘ldirishning eng yuqori ko‘rsatkichlari Afrikada (100 ming ayolga 2,9 holat), undan keyin Shimoliy, Markaziy va Janubiy Amerika hamda Okeaniyada qayd etilgan. Yevropada bu ko‘rsatkich eng past bo‘lgan va har 100 ming ayolga 0,6 holatni tashkil etgan.

Ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish xalqaro kuni munosabati bilan e’lon qilingan bayonotda tashkilot qat’iy qonunchilik va jabrlanganlar haqida ma’lumotlarni yaxshiroq to‘plashni talab qilgan.

“Ayollar va qizlarga nisbatan zo‘ravonlik epidemiyasi insoniyat uchun sharmandalik”, degan BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish.

Uning so‘zlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab taxminan har uchinchi ayol jismoniy yoki jinsiy zo‘ravonlikka duchor bo‘lmoqda va vaziyat tobora yomonlashmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sudanda 130 ayol jinsiy tajovuzdan qochish uchun o‘z joniga qasd qilgandi. Ularning ko‘pchiligida huquqni muhofaza qiluvchi organlar ayblanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Birlashgan Millatlar Tashkiloti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing