O‘zbekistonning eng asosiy kapitali – uning yosh avlodi – Saida Mirziyoyeva

Jamiyat

−

image

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA) bilan birgalikda o‘tkazilgan demografik barqarorlik masalalari bo‘yicha tadbirda ishtirok etdi. Bu haqda Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

“O‘zbekistonning eng asosiy kapitali – uning yosh avlodi. Ushbu salohiyat kelgusida demografik dividend manbaiga aylanishi uchun bugundanoq har bir insonning, ayniqsa, ayollar va bolalarning salomatligi, ta’limi hamda xavfsizligiga investitsiya kiritishimiz zarur”, deydi Prezident Administratsiyasi rahbari.

Uning bildirishicha, bu boradagi sa’y-harakatlar manzilli va uzoq muddatli bo‘lishini ta’minlash maqsadida demografik prognozlash tizimi yo‘lga qo‘yilmoqda hamda “Demografik dividend – 2050” strategiyasini ishlab chiqish rejalashtirilyapti.

“Mamlakatimiz kelajagi nafaqat aholi soni, balki eng avvalo ular qanday imkoniyatlarga ega bo‘lishi bilan belgilanadi”, deydi Saida Mirziyoyeva.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saida Mirziyoyeva Jahon savdo tashkiloti Bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala bilan uchrashgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing