“Arqadag‘” “Tolibon” bilan hamkorlik qilishga tayyorligini ma’lum qildi
Olam
−
02 Oktabr 2021
3720Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Ashxobodning “Tolibon” tuzgan yangi hukumat bilan yaqindan ishlashga tayyorligini e’lon qildi. Bu haqda u TASSga bergan intervyusida aytdi.
Berdimuhamedov Afg‘onistonda hokimiyat keng milliy muloqot asosida tinch yo‘l bilan o‘tkazilishiga umid bildirgan.
U, shuningdek, “an’anaviy qardosh turkman-afg‘on munosabatlarini mustahkamlash” uchun Turkmaniston rasmiylarining Afg‘onistondagi vaziyatni normallashtirishga yordam berish niyatida ekanini ham qayd etgan.
Berdimuhamedovning so‘zlariga ko‘ra, Turkmaniston “ijobiy neytral maqom”ga tayanib, “xorijiy davlatlarning ichki ishlariga aralashmasdan, faqat tinchlikparvar tashqi siyosat” olib bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, Turkmanistonning Afg‘onistondagi elchisi Xo‘ja Ovezov joriy yilning 29 sentyabr kuni Qobulda “Tolibon” hukumati Tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchisi Amir Xon Mottaki bilan uchrashgandi. Uchrashuvda tomonlar energetika sohasidagi savdo va hamkorlik, xususan, TAPI gaz quvurini qurish masalalarini muhokama qilgan.
Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 15 avgust kuni mamlakatda hokimiyatni egallagan toliblar, 19 avgust kuni Afg‘oniston Islom Amirligini tuzdi. Joriy yilning 6 sentyabr kuni “Tolibon”ga bo‘ysunmay turgan yagona viloyat – Panjsher egallangach, 7 sentyabr kuni harakat rahbarlari muvaqqatni shakllantirdi.
LiveBarchasi