“Arqadag‘” Ozodbek Nazarbekovni yuksak unvon bilan mukofotladi

Madaniyat-san’at

image

Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovni Turkmanistonda xizmat ko‘rsatgan artist unvoni bilan taqdirladi. Turkmaniston rahbari shu haqdagi farmonga imzo chekkani davlat televideniyesi orqali xabar qilindi. 

Farmonda qayd etilishicha, Ozodbek Nazarbekov ikki mamlakat xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik, qardoshlik, yaqin qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlashga qo‘shgan ulkan hissasi, shuningdek, qo‘shiq va musiqa san’atini rivojlantirishdagi xizmatlari uchun Turkmanistonning ushbu yuksak unvoni bilan taqdirlangan.  

Eslatib o‘tamiz, Ozodbek Nazarbekov O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov davrida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, O‘zbekiston xalq artisti, Qoraqalpog‘iston xalq artisti unvonlari bilan taqdirlangan. 

2017 yilda u O‘zbekiston Respublikasi Madaniyati vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlanib, 2020 yilning 23 yanvarigacha ushbu lavozimda mehnat qildi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri kursisini egalladi. 


Maqola muallifi

Teglar

Gurbanguli Berdimuhamedov Ozodbek Nazarbekov

Baholaganlar

784

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing