“Arqadag‘” nevarasiga atab qo‘shiq yozdi

Olam

image

Turkmanistonning sobiq prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov nevarasi Kerimguli Berdimuhamedovning to‘yi sharafiga qo‘shiq yozdi. Qo‘shiq matni TDH davlat axborot agentligi va “Neytral Turkmaniston” hukumat gazetasi tomonidan chop etildi.

“Turkmenportal” xabariga ko‘ra, ushbu qo‘shiq Turkmanistonda xizmat ko‘rsatgan artist Davlat Amanliqov tomonidan ijro etilgan.

“Turkmen.news” nashrining yozishicha, “Yoshlarga tabriklar” deb nomlangan qo‘shiq sobiq prezidentning nevarasi Kerimguli Berdimuhamedovga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bag‘ishlanmagan, uning ismi umuman tilga olinmagan. Biroq she’rda nevarasini to‘y bilan tabriklagan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 26 fevral kuni Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovning o‘g‘li Kerimguli Berdimuhamedovning to‘yi “Arqadag‘” mehmonxonasida bo‘lib o‘tdi.

Ma’lumot uchun, Kerimguli Berdimuhamedov Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovning to‘ng‘ich o‘g‘li. U 2002 yilda tavallud topgan. Serdar Berdimuhamedovning undan tashqari 3 nafar qiz farzandi bor. Yangi kuyov otasi va bobosi bilan davlat televideniyesi xabarlarida tez-tez namoyish etiladi. U she’r va musiqa yozishi bilan tanilgan. 2022 yil iyun oyida Kerimguli otasi bilan kichik Hajga borgan. Biroq kelin haqida hech qanday ma’lumot berilmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Gurbanguli Berdimuhamedov Kerimguli Berdimuhamedov qo'shiq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing