“Arqadag‘” muddatidan avval Turkmaniston chempioni bo‘ldi

Sport

image

“Arqadag‘” futbol klubi Turkmaniston chempionatining 20-turida oltin medallar uchun kurashda asosiy raqibi “Oltin Asr”ni 4:0 hisobida mag‘lub etib, muddatidan avval chempionlikni qo‘lga kiritdi. Bu haqda “Central Asia” xabar berdi.

"Oltin Asr" ustidan qozonilgan g‘alaba Arqadag‘ jamoasi uchun ketma-ket yigirmanchi g‘alaba bo‘ldi.

Jamoa chempionatda ham, Respublika kubogi uchun kurashda ham barcha uchrashuvlarda g‘alaba qozongan.

Turnir yakunlanishiga to‘rt tur qoldi va “Arqadag‘“ “Oltin Asr”dan 16 ochko oldinda. E’tiborlisi, “Arqadag‘” futbolchilari 20 ta uchrashuvda 70 ta gol urishdi – ya’ni jamoa har bir o‘yinda o‘rtacha 3 tadan ko‘proq gol urgan.

“Arqadag‘” joriy yilning bahorida tashkil etilgan va shu nomdagi yangi shaharni ifodalaydi. Tarkib Turkmaniston chempionatining eng kuchli futbolchilaridan shakllantirildi va jamoa darhol respublika oliy ligasiga kiritildi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkmaniston "Arqadag'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing