“Arqadag‘” komadami? Prezidentning sog‘lig‘i haqida rasmiy ma’lumot berildi 

Olam

image

Avvalroq, ba’zi ommaviy axborot vositalari Turkmaniston Prezidenti Berdimuhammedovning komaga tushib qolgani haqida xabar bergandi.

O‘z o‘rnida, mamlakatning Moskvadagi elchixonasi ushbu xabarlarni rad etdi. RIA Novosti nashrining diplomatik vakolatxonadagi manbalariga tayanib yozishicha, Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedovning sog‘lig‘i yomonlashgani haqida bir qator ommaviy axborot vositalarining ma’lumotlari mutlaqo ishonchsiz va haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. 

Qayd etilishicha, Berdimuhammedov kuni kecha, 20 sentyabr kuni videoanjuman shaklida yig‘ilish o‘tkazgan.

“Kecha Prezident Gurbanguli Berdimuhamedov Vazirlar Mahkamasining raqamli tizim bo‘yicha kengaytirilgan yig‘ilishini o‘tkazdi, unda davlat hayotining dolzarb masalalari muhokama qilindi va bir qator hujjatlar loyihalari ko‘rib chiqildi”, deyiladi mamlakatning Moskvadagi elchixonasi xabarida.

Elchixona, shuningdek, Turkmaniston Prezidenti ishtirokidagi so‘nggi voqealar haqidagi ma’lumotlarni “turkmenistan.gov.tm” veb-saytida topish mumkinligini qayd etgan.

Eslatib o‘tamiz, tez orada Turkmaniston Prezidentining O‘zbekistonga tashrif buyurishi kutilyapti.

Ma’lumot o‘rnida, avval ham Turkmaniston Prezidentining vafot etgani va bu sir saqlanayotgani haqida norasmiy xabarlar tarqalgandi. Biroq, keyin Gurbanguli Berdimuhamedov “Altyn Asyr” telekanalida ko‘rinish bergan.


Maqola muallifi

Teglar

Turkmaniston Arqadag' Berdimuhammedov

Baholaganlar

813

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing