“Arqadag‘” Ichki ishlar vazirini ishdan haydadi
Olam
−
02 iyul 2021
12838Kecha, 1 iyul kuni Turkmaniston hukumati va Davlat xavfsizlik kengashining kengaytirilgan qo‘shma majlisida Prezident Gurbanguli Berdimuhamedov Ichki ishlar vaziri general-mayor Mammetxan Chakiyevni lavozimidan ozod qildi. U boshqa ishga o‘tgani aytilmoqda.
Ovezdurdi Xo‘janiyozov yangi Ichki ishlar vaziri etib tayinlandi, deya xabar beradi Turkmaniston davlat axborot agentligi.
Ilgari Xo‘janiyozov Ichki ishlar vazirligi rahbarining o‘rinbosari bo‘lib ishlagan. Berdimuhammedovning farmoni bilan unga politsiya polkovnigi unvoni berildi.
Mammetxon Chakiyev 2019 yil oktyabr oyida Ichki ishlar vaziri lavozimini egallab, Iskender Mulikov o‘rnini egalladi.
2020 yil sentyabr oyida davlat rahbari Chakiyevga xizmat vazifalarini noto‘g‘ri bajarganligi, ishdagi kamchiliklar uchun, qisqa vaqt ichida kamchiliklarni tuzatish to‘g‘risida so‘nggi bor ogohlantirib, qattiq tanbeh bergandi.
LiveBarchasi