“Arqadag‘” 53-kitobini yozib tugatdi
Olam
−
06 avgust 2020
9732Kecha, 5 avgust kuni Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov yangi kitobini yozib tugatdi. Bu haqda davlat axborot agentligi xabar berdi.
Prezidentning yangi kitobi “Turkmanlarning ruhiy olami”, deb atalgan va millatning an’analariga bag‘ishlangan.
12 bobdan iborat kitobda Berdimuhamedov hayot go‘zalligi, yerdagi osudalik, fanning va ta’limning ahamiyati, sog‘lom hayot tarzi asoslari, mehnatsevarlik, mehmondo‘stlik, do‘stlik va qardoshlik munosabatlari haqida yozgan.
Bundan tashqari, milliy maqollar, masallar va hikmatli so‘zlarga ham alohida e’tibor berilgan.
Ma’lumot uchun, “Turkmanlarning ruhiy olami” Gurbanguli Berdimuhamedovning 53-kitobi bo‘ldi.
LiveBarchasi